ISHONCH BILAN BOSHLANADIGAN ERTAK

Maʼlumotlaringiz haqida

Buyurtma soʻrovida ismingiz, telefon raqamingiz, tanlangan kitob, farzandlar soni, sabab va ixtiyoriy izohingizni saqlaymiz. Bular soʻrovingizni koʻrib chiqish va siz bilan bogʻlanish uchun kerak.

Qayerda saqlanadi?

Maʼlumotlaringiz bizning yopiq bazamizda saqlanadi. Ularni saytning ochiq sahifalarida koʻrsatmaymiz. Soʻrovlarni Ertakomiks boshqaruvchisi parol bilan kirib koʻradi. Soʻrov nusxasi jamoamizning yopiq Telegram buyurtmalar guruhiga ham yuboriladi.

Telegram botdagi soʻrovlar

@ertakomiksbot orqali ham soʻrov qoldirishingiz mumkin. Savollarga javoblaringiz vaqtincha yopiq bazamizda saqlanadi; yakunda tasdiqlaganingizdan keyin buyurtma soʻroviga aylanadi. /bekor buyrugʻi tugallanmagan soʻrov maʼlumotlarini tozalaydi. Faol bo‘lmagan suhbat 24 soatdan soʻng eskiradi va rejali tozalashda olib tashlanadi. Botdagi yozishmalar nusxasi Telegramda ham qoladi.

Bolajoningizning maʼlumotlari

Bu shaklda bola fotosurati yoki toʻliq maʼlumotlarini soʻramaymiz. Bosh sahifadagi ismlar bilan muqova namunasi faqat brauzeringizda ishlaydi: yozilgan ismlar serverga yuborilmaydi.

Saqlash va oʻchirish

Soʻrovni koʻrib chiqish va kelishuvni davom ettirish uchun maʼlumotlarni saqlaymiz. Ularni tuzatish yoki oʻchirishni istasangiz, +998 77 300 78 67 raqamiga murojaat qiling va soʻrov raqamingizni ayting. Administrator soʻrovni bazamizdan va unga tegishli Telegram xabarini guruhdan oʻchiradi.

Xavfsizlik va tashqi xizmatlar

Takroriy yoki avtomatik yuborishlarni cheklash uchun IP manzildan bir tomonlama hisoblangan texnik belgi ishlatiladi; IP manzil soʻrov yozuviga kiritilmaydi. Boshqaruv tizimiga kirish uchun zarur seans cookie-si ishlatiladi. Instagram, Telegram va X havolalariga oʻtsangiz, oʻsha xizmatlarning qoidalari amal qiladi.

Buyurtma soʻrovi toʻlov yoki tasdiqlangan buyurtma hisoblanmaydi. Narx, muddat va yetkazish tafsilotlarini alohida kelishamiz.

Soʻrovga qaytish