
Bir bor ekan.
Sen bor ekansan.
Uning ismi. Uning orzulari. Uning sarguzashti.
Bolajoningizga atalgan oʻzbekcha ertak kitobi.
Sevimli oʻyinchogʻi, kichik orzusi yoki oilangizdagi bir xotira — ertakni farzandingizning oʻz olamidan boshlaymiz.
Bugun birga oʻqiysiz. Yillar oʻtib, birga eslaysiz.Hamma uxlaganda, ertak uygʻonadi.
Baʼzi ertaklar «Bir bor ekan»dan boshlanadi.
Bizniki esa «Bolajoningiz qanday bola?»dan.
Bolajoningizni tanishtiring.
Ertagini birga yaratamiz.
U yulduzlarni sanaydimi? Dinozavrlarga ism qoʻyadimi? Ukasining qoʻlidan ushlab, dunyoni koʻrsatgisi keladimi?
Shu kichik tafsilotlardan unga atalgan hikoya tugʻiladi. Ismi, qiyofasi, qiziqishlari va orzulari bir ertakda uchrashadi.
Bolajonim haqida aytib beraman- U sevgan bir narsa
- Uyquga birga ketadigan ayiqchasi ham ertakda yoʻldosh boʻlishi mumkin.
- Koʻnglingizdagi bir tilak
- Jasorat, mehr yoki oʻziga ishonch — hikoyaning yuragiga joylaymiz.
- Faqat sizlarga tanish xotira
- Buvinikidagi yoz. Birinchi sayohat. Oilangizning oʻz sarguzashti.
Tayyor gʻoya shart emas. Uni suhbatda birga topamiz.
Har birining oʻz qahramoni bor.
Varaqlang, ilhom oling.
Keyingisi farzandingizning oʻz olami boʻlsin.
Bolajoningiz boshqa olamni orzu qiladimi? Unga atalgan yangi ertak ham yaratamiz.
Oʻz ertagimizni boshlaymizErtakda bir ism
yetishmayapti…
Bolajoningizning ismi muqovada qanday koʻrinadi?
Sinab koʻring. Ertakning oʻzini esa birga oʻylab topamiz.
Mening oʻz ertagim

Uning orzularidan boshlanadigan bir olam.
Bu — ismli muqova namunasi. Rasmdagilar Ertakomiks bobo va Pitpildiq. Farzandingizning qiyofasi shaxsiy kitobi uchun alohida yaratiladi.
Oʻz ertagimizni oʻylab topamiz
Bitta kitob.
Ikkita qahramon.
Biri yoʻl boshlaydi. Biri yonida kulib turadi. Aka-uka, opa-singilning birga kechirgan sarguzashti bir kitobda qoladi.
Muhammad va Mustafaning «Sehrli tun» kitobidan.
Ularning ertagini varaqlash
Bobo ertak boshlaydi.
Pitpildiq yoʻlga chorlaydi.
Men — Ertakomiks bobo. Yonimdagi qiziquvchan qushcha esa Pitpildiq. Men ertak boshlasam, uning savollari boshlanadi.
«Bobo, keyingi ertakning qahramoni kim?»
Balki sizning bolajoningizdir?
Uchar gilaming boʻlsa, birinchi qayerga borarding?
Bolajoningiz bilan birga javob toping.Avval tanishamiz.
Keyin ertak yaratiladi.
- 01
Bolajoningizni tanishtiring
Qiziqishlari, orzulari yoki ertakka aylantirmoqchi boʻlgan xotirangizni ayting. Gʻoyani birga topamiz.
- 02
Birga kelishamiz
Qahramonlar, kitob tafsilotlari, narx va tayyorlash muddatini suhbatda aniqlashtiramiz.
- 03
Ertak sizniki boʻladi
Kelishilgan hikoya va tasvirlar farzandingiz uchun yaratiladigan kitobga aylanadi.
Shaxsiy ertak kitobi nima?
Bosh qahramoni farzandingizdan ilhomlanib yaratiladigan kitob. Uning ismi, qiyofasi, qiziqishlari va orzulari hikoya hamda tasvirlarda aks etadi.
Oʻz gʻoyamiz boʻyicha ertak yaratish mumkinmi?
Albatta. Saytdagi kitoblar — avvalgi ishlarimizdan namunalar. Farzandingiz sevgan mavzu, oilangiz xotirasi yoki unga aytmoqchi boʻlgan tilagingizdan alohida ertak yaratamiz. Gʻoyangiz hali tayyor boʻlmasa, uni suhbatda birga topamiz.
Ikki farzandim bitta kitobda boʻla oladimi?
Ha. Kamila–Ali va Muhammad–Mustafa kitoblari shunday yaratilgan. Farzandlaringizning birgalikdagi ertagini suhbatda kelishamiz.
Kitoblar qaysi tilda?
Oʻzbek tilida, lotin yozuvida. Birgalikda ovoz chiqarib oʻqishga mos, sodda va iliq hikoyalar.
Kitobni oldindan koʻrsam boʻladimi?
Saytda avvalgi kitoblarning muqovasi va tanlangan sahifalari bor. Shaxsiy kitobingizni koʻrib chiqish va tuzatish tartibini buyurtma oldidan kelishamiz.
Narxi qancha va qachon tayyor boʻladi?
Narx, kitob hajmi, muqova, tayyorlash va yetkazish muddatini buyurtma tafsilotlariga qarab aniqlashtiramiz. Buyurtma soʻrovini yuboring yoki bizga qoʻngʻiroq qiling.
Hozir buyurtma bersa boʻladimi?
Ha, buyurtma soʻrovlarini qabul qilyapmiz. Saytdagi shakl orqali bogʻlanish maʼlumotlaringiz va istagingizni qoldiring. Telefon yoki Instagram orqali ham bogʻlanishingiz mumkin. Ertak tafsilotlarini siz bilan kelishamiz.

